Latest News

с 09:00 до 21:00
без выходных

Алишер Навои, 16а

78 148-00-01

Biz haqimizda

“ZEBRA” kompaniyasi jalyuzi bozorida 1998-yilda paydo bo’lgan. Biz o’z ishlab chiqarishimizni yo’lga qo’ydik va uni eng zamonaviy uskunalar bilan jihozladik va modernizatsiya qilishni davom ettirmoqdamiz. Ammo eng muhimi – biz jalyuzi sohasida katta tajribaga ega, ulgurji va chakana xaridorlarga maslahatlar berishda yordam beradigan tajribali mutaxassislar jamoasini yig’a oldik. Ishga professional yondashuv nafaqat mijozlar, balki hamkorlar orasida ham tan olinishga imkon berdi. Gap shundaki, ZEBRA mijozlarining qariyb 90-95 foizi yuqori sifatli va zamonaviy jalyuzilarni sotib olishga qaror qilganlar, do’stlari va tanishlari tavsiyasi va birinchi xariddan keyin bizga qaytib kelganlardir.
Biz ularning ishonchini qadrlaymiz, shuning uchun har bir mijoz bilan maksimal darajada ishlaymiz.
Quyoshdan himoya qilish tizimining qaysi turiga buyurtma berishni hohlashingizdan qat’i nazar – jalyuzi rollo, su’ratli jalyuzi, gorizontal yoki vertikal jalyuzilar – Siz har doim yuqori sifatli, oqilona narxlar va malakali xizmatga ega bo’lasiz. Bundan tashqari jalyuzilarni ulgurji miqdorda harid qilishingiz ham mumkin, bu holatda bizning kompaniya tomonidan chegirmalarga ega bo’lishingiz mumkin.